
La Ligada chempionlik poygasi davom etadimi? Zidan javob berdi
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan Ispaniya chempionati g‘olibligi uchun kurash haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Chempion bo‘lmagunimizcha bu haqida biron so‘z ayta olmayman. Ishlashda davom etishimiz kerak, chunki raqiblarimiz barcha imkoniyatlarini ishga solishadi. Kurash yakunlanganiga ishonchimiz komil emas.
Futbolchili faoliyatimda shunga o‘xshagan vaziyat bo‘lgandi, shuning uchun kurash hali davom etishini men ham yigitlarim ham yaxshi bilishadi", - deydi Zidan.
Fikrlar