La Liganing eng yaxshi to‘purarlaridan biri mavsum so‘nggiga qadar safdan chiqdi

  • 6 mart, 2024, 13:19
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Xetafe" hujumchisi Borxa Mayoral jarohat oldi.

Klub matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, futbolchi operatsiya stoliga yotadi. Borxa mavsum so‘nggiga qadar safga qaytishga ulgurmaydi. Qolaversa, forvard Evropa chempionatini ham o‘tkazib yuboradi. 

Ma’lumot uchun, Mayoral ayni damda Jud Bellingemdan keyin La Liga to‘purarlar poygasida ikkinchi o‘rinda bormoqda. 26 yoshli hujumchi 27 ta o‘yinda maydonga tushib, 15 ta gol urgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!