La Liganing eng zo‘r darvozaboni jamoani tark etmoqchi

  • 23.06.2026 11:34
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispaniya La Ligasida barqaror va ishonchli oʻyinlari bilan eʼtibor qozongan sloveniyalik darvozabon Yan Oblak yozgi transferlar oynasi davrida “Atletiko Madrid”ni tark etish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Marca nashri maʼlumotiga koʻra, 33 yoshli darvozabon oʻz kelajagi haqidagi qarorni mustaqil qabul qiladi va bu masala toʻliq uning ixtiyorida.

Bu holat madridliklar uchun yana bir muhim yoʻqotish boʻlishi mumkin. Avvalroq klub afsonasi, hujumchi Antuan Grizmann jamoani tark etgan edi.

Agar Oblak ketishga qaror qilsa, “Atletiko” unga toʻsqinlik qilmaydi. Agar qolishni tanlasa, klub uni oʻz rejalariда muhim figura sifatida koʻrishda davom etadi.

Sloveniyalik darvozabon 2014 yil iyul oyida “Atletiko”ga oʻtgan va shundan buyon madridliklar safida 538 ta rasmiy uchrashuvda qatnashgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!