
"Lans" Husanovni sotib olmoqchi bo‘lgan klublar uchun narx belgiladi
Qishki transferlar oynasida legionerimiz Abduqodir Husanovni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi bo‘lgan klublar soni ortib bormoqda.
"L’Équipe" nashri bergan ma’lumotga ko‘ra, unga ayni vaqtda "Siti", PSJ hamda "Atletiko" kabi klublar jiddiy qiziqish bildirmoqda. O‘z navbatida frantsuz klubi futbolchimizni faqatgina 30 million evrolik taklif tushgan taqdirda sotishga tayyor.
Avvalroq, unga "Tottenxem" hamda "Nyukasl" kabi jamoalar qiziqayotgani haqqida ham xabarlar paydo bo‘lgandi.
Joriy mavsumda Husanov "Lans" safida jami 15 ta bellashuvda 1129 daqiqa maydonda harakat qilgan. Uning "Transfermarkt" portalidagi bahosi 12 million evro etib belgilangan.
Fikrlar