
"Latsio" tarixidagi bunaqa hujumchi hech qachon bo‘lmagan
Italiyalik hujumchi Chiro Immobilening "Latsio"da kiritgan gollari soni 150 taga etdi. 31 yoshli futbolchi shu tariqa Rim klubi safida eng ko‘p gol urgan futbolchiga aylandi.
Immobile bu borada Silvio Piolining rekordini yangiladi. Silvio “Latsio”dagi faoliyati davomida jami 149 marta raqib darvozasini ishg‘ol qilgan.
Immobile "Latsio" safida 2016 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 217 ta o‘yinda maydonga tushdi.
“Latsio” 35 turdan so‘ng A Seriya musobaqa jadvalida 67 ochko bilan 6-o‘rinda bormoqda. 5-o‘rindagi “Yuventus” hisobida 72 ochko bor.
Fikrlar