
Lautaro Martines terma jamoadagi golsiz seriyasiga nuqta qo‘ydi
Xalqaro o‘rtoqlik o‘yini doirasida Argentina terma jamoasi Kosta-Rikaga qarshi bahs olib bordi. Unda amaldagi jahon chempionlari 3:1 hisobida zafar quchdi.
"Kumushrang o‘lka" safida gollarga Anxel Di Mariya, Lautaro Martines va Aleksis Makkalister mualliflik qildi. Shimoliy amerikaliklarning yagona golini Manfred Ugalde kiritdi.
Shu tariqa, Lautaro terma jamoadagi 16 uchrashuvdan iborat golsiz seriyasiga nuqta qo‘ydi. 26 yoshli forvard terma jamoasi uchun so‘nggi bor 2022 yil sentyabr oyida Gonduras bilan o‘rtoqlik uchrashuvida (3:0) gol urgan edi.
Italiya chempionatining joriy mavsumida Martines 26 uchrashuvda 23 ta gol urdi.
Fikrlar