Laylo muxlislar ishonchini oqlamoqda
Asosiy to‘rdagi dastlabki uchrashuvini qozog‘istonlik Adelaida Allaxverdievaga qarshi o‘tkazgan hamyurtimiz uch setda zafar quchdi. Birinchi setda 2:6 hisobida mag‘lubiyatga uchragan Laylo keyingilari 6:3, 6:2 hisobida g‘alaba qozonib, keyingi davraga o‘tdi.
Namanganda tennis bo‘yicha qizlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan xalqaro tennis turnirida o‘zbekistonlik iste’dodli sportchi Laylo Bahodirova ham birinchi bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tdi.
Laylo chorak finalga chiqish uchun ikkinchi raqamda saralangan rossiyalik tennischi Ekaterina Vishnevskayaga qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar