
Lazizbek Mullojonov rossiyalik jahon chempionidan engildi. Ikkinchi bronza medali
Toshkentdagi "Humo arena"da boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasida jahon chempionati davom etmoqda. Bugun yarim final janglari bo‘lib o‘tadi.
-92 kg vazn toifasida Lazizbek Mullojonov rossiyalik Muslim Gajimagomedov bilan ringga ko‘tariladi. Muslim Gajimagomedov 2019 yilgi jahon chempioni, Tokio-2020 kumush medal sohibi sanaladi. Jang 17:10dan so‘ng boshlanadi.
Bokschilar ringga chiqib keldi. Hamyurtimiz qizil libosda. Uning raqibi ko‘k formada harakat qiladi.
Ilk raundda Muslim Gajimagomedovning qo‘li baland keldi - 2:3.
Ikkinchi raundda ham rossiyalik bokschining ustunligi qayd etildi - 2:3.
Uchinchi raundda Muslim g‘alabaga erishdi - 2:3. Yakuniy hisob 1:4 Muslim Gajimagomedov foydasiga.
Shu tariqa, Lazizbek Mullajonov jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritdi va 50 ming dollar pul mukofotiga ega chiqdi.
Fikrlar