Leau : «Galatasaray» menga yana Chempionlar ligasida o‘ynash imkoniyatini berdi»

  • 10.09.2026 13:49
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Galatasaray» tarkibiga qo‘shilgan portugaliyalik vinger Rafael Leau yozgi transfer oynasida Turkiyaga ko‘chib o‘tishi haqida fikr bildirdi. Ma’lum qilinishicha, u yoz boshidanoq «Milan»ni tark etishni istab kelgan.

 

«Men o‘zimning transferim uchun juda ko‘p mehnat qilgani uchun «Galatasaray» rahbariyatiga minnatdorchilik bildiraman. Ikki oy davomida men bilan kelishishga harakat qilishdi va men doim bu loyihaning kelajagiga ishonaman. «Galatasaray» menga yana Chempionlar Ligasida o‘ynash imkoniyatini berdi», — dedi Leau matbuot anjumanida.

 

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsum yakuniga ko‘ra «Milan» A Seriyasida Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmagan edi. Avgust oyi oxirida portugaliyalik futbolchi italyanlik grandini tark etib, «Galatasaray» safiga o‘tdi.

 

Yangi jamoasi safida Leau hozircha ikki o‘yinda maydonga tushdi, ammo gol yoki golli pas bilan ajralib tura olmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!