Leau: «Milanga omad tilayman, uni qo‘llab-quvvatlayman»
Portugaliyalik hujumchi Rafael Leau Turkiyaga uchib ketdi. U yerda futbolchi rasman «Galatasaray» jamoasi a’zosi sifatida namoyish etiladi. Safar oldidan u aeroportning o‘zida qisqa intervyu berib, «Milan»ni hamon qo‘llab-quvvatlashini aytdi.
«Kecha stadionda edim, sobiq jamoadoshlarim bilan birga o‘tiridim. Maydonga chiqib, muxlislar bilan xayrlashmoqchi edim, ammo bunga imkon bo‘lmadi. Shunday bo‘lib qoldi. “Milan”ga faqat yaxshilik tilayman, natijalarini uzoqdan kuzatib boraman. Hayot shunday: bir bosqich tugaydi, yangisi boshlanadi», – deya Leauning so‘zlarini pianetamilan.it keltiradi.
Eslatib o‘tamiz, Rafael Leau «Milan» safida yetti mavsum o‘ynadi. U 2019 yilda klubga qo‘shilgan edi.

Fikrlar