Lebron Jeyms faoliyatida 30 ming ochkolik marrani zabt etdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Milliy basketbol assotsiatsiyasining yulduzlaridan biri Lebron Jeyms faoliyatida unutilmas kunlardan biri bo‘ldi. Ayni damda "Klivlend Kavalers" jamoasi sharafini himoya qilayotgan basketbolchi "San-Antonio Spers"ga qarshi bahsda MBAdagi faoliyati davomida to‘plagan ochkolarini sonini 30 mingtaga etkazib oldi. 

Voqea o‘yinning birinchi choragida yuz berdi. O‘rta masofadan to‘pni bexato yo‘llagan Lebron shu tariqa 30 minglik marrani zabt etdi. 

Shundan keyin tanaffusda arenaga yig‘ilgan raqib jamoa, "Kevs" va shaxsan Lebronning muxlislari basketbol yulduzi sharafiga tinimsiz olqishlar yog‘dirib turishdi. Shu tariqa, Jeyms MBA tarixida 30 minglik marani zabt etgan eng yosh basketbolchi bo‘ldi. Musobaqa tarixida olti basketbolchi bu marrani zabt eta olishgandi xolos. Ular quyidagilar: Karim Abdul-Jabbar (38 387 ochko), Karl Meloun (36 928), Kobe Brayant (33 643), Maykl Jordan (32 292), Uilt Chemberlen (31 419) va Dirk Novitski (30 837). Lebronning bunday yutug‘iga qaramasdan jamoasi ushbu o‘yinda 102:114 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!