Legionerimiz “Barsa” tarbiyalanuvchisi bilan o‘ynaydi
Rossiya Premer-ligasi vakili “Pari Nijniy Novgorod” tarkibiga kamerunlik himoyachi Maki Banyakni qo‘shib oldi.
27 yoshli futbolchi “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2008-2016 yillar davomida Kataloniya klubi tizimida faoliyat ko‘rsatgan. “Barselona”ning ikkinchi jamoasi safida 43 ta o‘yinda qatnashib, bitta gol ham urgan.
“Barselona”ning asosiy tarkibiga kira olmagan futbolchi keyinchalik “Nant”, “Saragosa”, “Admira”, “Olimpiya”, “Partizan” va “Qayrat” klublarida o‘ynadi.
Novgorodliklar markaziy himoyachini qozoq klubidan ijaraga oldi va futbolchi ishonchni oqlasa, rossiyaliklar mavsum oxirida uni to‘liq transfer qilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, legionerimiz Ibrohimxalil Yo‘ldoshev “Nijniy Novgorod”ning asosiy o‘yinchilaridan hisoblanadi. Bu klub o‘zbek futbolining yana bir tarbiyalanuvchisi – Ruslanbek Jiyanov bilan ham shartnoma tuzishga qaror qilgan.
Fikrlar