
Legionerimiz ishtirok etgan uchrashuvda hisob ochilmadi
Janubiy Koreyaning “Chonnam Dragons” klubida faoliyatini olib borayotgan Oleg Zoteev bugun jamoasi bilan Key-2 ligasining 10-tur bahslarida ishtirok etdi.
Safarda “Anyang” klubiga qarshi kechgan uchrashuvda hisob ochilmadi – 0:0. Hamyurtimiz Zoteev esa “Chonnam Dragons” tarkibida to‘liq 90 daqiqa davomida to‘p surdi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan turda Oleg Zoteev turning ramziy terma jamoasiga kiritilgandi. Ayni paytda esa uning jamoasi 14 ochko bilan musobaqa jadvalining 6-pog‘onasida bormoqda.
Fikrlar