Legionerimiz maydonga tushgach, uning jamoasi ikkita gol urib g‘alaba qozondi

  • 19 iyul, 2020, 00:27
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Janubiy Koreyaning “Chonnam Dragons” jamoasida to‘p surayotgan hamyurtimiz Oleg Zoteev Key-2 ligasining navbatdagi turida “Bocheon-1995”ni qabul qilib 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Zoteev esa ushbu bahsda ikkinchi bo‘limda zaxiradan maydonga tushdi.

Tecno

- “Bocheon-1995”ga qarshi o‘yinning 51-daqiqasida maydonga tushdim. Shundan keyin biz ikkita gol urib g‘alaba qozondik, hammasi joyida. Bundan oldin esa, Kubok uchrashuvida ishtirok etgandik va o‘sha bahsda 120 daqiqa davomida o‘ynagandim. Lekin o‘shanda Key-1 etakchilaridan biri “Chonbuk Motors”ga qo‘shimcha vaqtlarda 2:3 hisobida yutqazdik. Shuning uchun murabbiyimiz navbatdagi uchrashuvda besh nafar o‘yinchini zaxirada qoldirib, rotatsiya qildi. Axir uch kun ichida ikkita o‘yin o‘tkazish oson emas, - dedi Oleg Zoteev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!