
Legionerimiz qo‘shni Qozog‘istonda ham "yondiryapti". U ramziy jamoadan o‘rin egalladi
Qozog‘iston Premer-ligasida harakat qiladigan "Ordabasi" klubi vakili hamyurtimiz Bobir Abdiholiqov mahalliy "Sports.kz" nashri talqiniga ko‘ra ramziy jamoadan joy oldi.
Abdiholiqov 12-tur doirasidagi "Atirau"ga qarshi o‘yinda gol urishga muvaffaq bo‘lgandi. Qizig‘i, unga assistentlik vazifasini yana bir legionerimiz Shohboz Umarov bajarib bergandi.
Marhamat, quyida tur ramziy jamoasi bilan tanishish imkoniyatiga egasiz!
Fikrlar