Legionerimiz va uning jamoasidan navbatdagi g‘alaba

  • 19 may, 2021, 23:01
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Janubiy Koreyada to‘p surayotgan legionerlarimizdan biri – Oleg Zoteev va uning jamoasi “K2”ning navbatdagi turida ham muxlislarini quvontirdi.

O‘tgan turda raqibini 2:0 hisobida taslim qilgan “Chonnam Dragons” bu safar “Ansan Griners”ni ham shunday hisobda mag‘lub etdi. Legionerimiz – Oleg Zoteev esa ushbu uchrashuvda ham to‘liq ishtirok etdi va o‘ziga bildirilgan ishonchni oqlashda davom etyapti.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov tez orada boshlanadigan yig‘inga Oleg Zoteevni ham taklif qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!