Legionerimizning goli jamoasini birinchi o‘ringa olib chiqdi!

  • 11 iyul, 2023, 17:56
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Qozog‘iston Premer-ligasida ikki nafar o‘zbek futbolchisi – Bobur Abduxoliqov hamda Shahboz Umarov to‘p tepayotgan Chimkentning “Ordabasi” jamoasi joriy chempionatda chempionlik uchun kurashmoqda.

Tecno

Chimkentliklar 17-turning qoldirilgan uchrashuvida Kokshetauning “Okjetpes” jamoasi mehmoni bo‘ldi.

O‘yin mehmonlar ustunligida boshlandi. Dastlabki daqiqalarda “Ordabasi” hisobni ochishi mumkin edi. Biroq, xorvatiyalik legioner Bernardo Matichning kuchli zarbasi darvoza to‘siniga tegdi.

“Ordabasi”ning g‘alabasiga Bobur Abduxoliqov yo‘l ochib berdi. Uchrashuvning 14-daqiqasida legionerimiz raqiblar qurshovida turganiga qaramay, ajoyib usulda zarba yo‘llab, hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi.

photo_192090

O‘yinning birinchi yarmida Vsevolod Sadovski “Okjetpes” darvozasini ikkinchi marotaba ishg‘ol qilib, hisobdagi farqni oshirdi.

Bellashuvning ikkinchi yarmida mehmonlar ikki marotaba penalti tepishiga to‘g‘ri keldi. Asxat Tagibergen va Bauirjon Islomxon 11 metrlik nuqtadan adashmadi.

Raqib maydonidan 4:0 hisobidagi g‘alaba bilan qaytgan chimkentliklar musobaqa jadvalida birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Chempionlik yo‘lidagi asosiy raqib – “Astana” hisobida ham xuddi chimkentliklar kabi 38 ochko bor. Biroq, poytaxtliklar bir o‘yin ko‘p o‘tkazgan. Agar “Odabasi” zaxiradagi o‘yinida ijobiy natija qayd esa yakka peshqadamna aylanadi.

Bu bahsda Bobur Abduxoliqov to‘liq o‘ynagan bo‘lsa, ikkinchi hamyurtimiz Shahboz Umarovga murabbiylar shtabi hordiq chiqarishi uchun sharoit yaratib berdi.

Shahboz bir necha kun oldin Qozog‘iston kubogi musobaqasining yarim final javob uchrashuvida “Astana”ga qarshi o‘yin qahramoni bo‘lgandi. Hal qiluvchi bahsda Shahboz gol urib, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qolgan edi.

G‘olibni aniqlash uchun qo‘shimcha taymda, chimkentliklar yana gol urib, ishonchli g‘alabaga erishdi va ketma-ket ikkinchi marotaba mamlakat kubogida qatnashadigan bo‘ldi. Shu o‘rinda, Qozog‘iston kubogining finali 4 noyabrda bo‘lishini eslatib o‘tamiz.

Finalda “Ordabasi” Kustanayning “Tobol” klubi futbolchilari bilan kuch sinashadi.

Bobur Abduxoliqov Premer-ligadagi gollarini sonini oltitaga etkazdi. Legionerimiz to‘purarlar bahsida “Kaspiy” vakili Georgiy Pantsulaya va “Astana” futbolchisi Abat Aymbetov bilan uchinchi o‘rinni bo‘lishi turibdi. Bobur kubok o‘yinida oltita uchrashuvda bitta gol urganini ham eslatib o‘tamiz.

Bu gal chempionat o‘yinida qatnashmagan Shahboz Umarov Premer-liga va mamlakat kubogi bahslarida ikkitadan gol va bittadan assist qayd etgan.

500_64a70f1d184c4

“Ordabasi” futbolchilari keyingi uchrashuvda 17 iyul kuni safarda “Atirau” jamoasiga qarshi o‘tkazishi belgilangan.

To‘purar legionerimizga qimmatbaho raqobatchi keldi!

Legionerimizning goli finalga yo‘l ochdi! Oldinda final!

  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Pardayev Shavkat
11/07/2023 10:44
Одға ! Бобур! Бўласан!