
Legionerlarimiz. Azizov to‘liq o‘ynagan bahsda “Dordoy” turkman klubiga mag‘lub bo‘ldi
Avval xabar berib o‘tganimizdek, bugun Osiyoda nufuzi jihatdan ikkinchi o‘rinda turuvchi turnir – OFK kubogida 5-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdmoqda.
Bugun hamyurtlarimiz Alisher Azizov xamda Abdulatif Abduqodirovlar faoliyat olib boradigan Qirg‘izistonning “Dordoy” jamoasi o‘z maydonida Turkmanistonning “Oltin Asir” jamoasini qabul qildi.
Mazkur bahsda mehmonlar ishonchli hisobda g‘alabaga erishishdi . Azizov o‘yinni to‘liq o‘tkazgan bo‘lsa, Abduqodirov qaydnomaga ham kiritilmagan. Bu mag‘lubiyatdan so‘ng “Dordoy” pley-offsiz qolishi aniq bo‘ldi.
OFK kubogi. 5-tur
“Dordoy(Qirg‘iziston) – “Oltin Asir”(Turkmaniston) 0:2
Gollar: Yaxshiev 43, Annadurdiev.
SPORTS.uz
Fikrlar