Legionerlarimiz. Bugun O‘zbekiston terma jamoasining 5 nafar a’zosi o‘ynaydi

  • 8 oktabr, 2023, 13:25
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

RPL.

Tecno

Bugun Rossiya premer-ligasi 11-tur o‘yinlari davom ettiriladi. Abbosbek Fayzullaev jamoasi TsSKA safarda "Spartak" bilan bellashadi. Uchrashuv 21:00da start oladi. 

Rustam Ashurmatov va Umarali Rahmonaliev o‘ynayotgan Qozonning "Rubin" jamoasi "Axmat" klubi mehmoni bo‘ladi. Bu bahs ham 21:00da start oladi.

Liga 1.

Bugun Frantsiya chempionati 8-tur bahslari bo‘lib o‘tadi.

Legionerimiz Abduqodir Husanov harakat qilayotgan "Lans" bu turda o‘z uyida LOSKni qabul qiladi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 20:05da start oladi.

A Seriya.

Bugun Italiya A Seriyasi 8-tur uchrashuvlari davom ettiriladi.

Mazkur turda "Kalyari" o‘z uyida "Roma"ni qabul qiladi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 21:00da boshlanadi.

Turkiya Superligasi.

Bugun Turkiya chempionati 8-tur bahslari bo‘lib o‘tadi. Bu turda Husniddin Aliqulov jamoasi "Rizespor" o‘z uyida "Samsunspor"ni mehmon qiladi. Bu bahs 15:30da start olishi rejalashtirilgan. 

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!