Legionerlarimiz. Bugun Shomurodov, Husanov va yana bir qator legionerlarimiz o‘ynaydi

  • 19 aprel, 08:51
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun ham bir qator o‘zbekistonlik futbolchilar o‘z klublari bilan chempionat o‘yinlarini o‘tkazadi.

Tecno

Turkiya Superligasi 31-turida "Sivasspor" mehmonda "Kasimpasa" bilan bellashadi. Aziz Turg‘unboev asosiy tarkibda boshlashi kutilayotgan bahs 15:30da start oladi.  

Sherzod Esanov harakat qilayotgan "Akron" RPLning 24-turida "Spartak"ni qabul qiladi. Bellashuv 16:30da start oladi.

Umarali Rahmonaliev va "Sabax" Ozarbayjon chempionati 31-turi doirasida "Sabali"ni mehmon qiladi. Uchrashuv esa 18:30da start oladi.

"Manchester Siti" Angliya Premer-ligasi 33-turida "Everton" bilan ro‘baru keladi. Bahs esa 19:00da start oladi. 

Italiya A Seriyasi 33-turida Eldor Shomurodovning "Roma"si "Veron" bilan o‘ynaydi. Bu bahs 23:45da start olishi rejalashtirilgan.
 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Азизжон
19/04/2025 13:38
Гвардиола Хусановни туширармикан