
Legionerlarimiz. Hojimat Erkinov va "Al-Vahda" mavsumni g‘alaba bilan boshladi
BAA chempionati 1-turidan o‘rin olgan "Al-Vahda" - "Ajman" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bellashuv mezbonlarning minimal hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Uchrashuv taqdirini yagona gol hal qildi. 86-daqiqada Milosh Kosanovich o‘z darvozasini ishg‘ol qilib berdi. Legionerimiz Hojimat Erkinov asosiy tarkibda tushdi va 88-daqiqada zaxiraga olindi.
Shu tariqa, Abu-Dabi klubi mavsumni g‘alaba bilan boshladi.
Fikrlar