Legionerlarimiz: Otabek Shukurovning jamoasi yangi mavsumni g‘alaba bilan boshladi

  • 20.09.2019 22:35
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

BAA Pro-ligasida yangi mavsum start oldi.

1-tur doirasida hamyurtimiz Otabek Shukurov faoliyat olib borayotgan “Sharja” klubi o‘z maydonida “Xor Fakkan” jamoasi bilan bahs yuritdi. Qiziqarli tarzda kechgan bellashuvda BAAning amaldagi chempioni 2:0 hisobida g‘alaba qozondi va yangi mavsumni g‘alaba bilan boshladi.

Otabek Shukurov o‘yinni ilk daqiqalardanoq maydonda boshladi va to‘liq 90 daqiqa harakat qilib, o‘z jamoasi g‘alabasiga xissa qo‘shdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!