"Legionerlarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha O‘FA bilan bahslar bo‘ldi", - Diyor Imomxo‘jaev
O‘zbekiston Professional futbol ligasi rahbari Diyor Imomxo‘jaev O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bilan bo‘lgan intervyu davomida Superligadagi legionerlarning ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni haqidagi savolga javob berdi.
— Superligada oltitagacha legionerni ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin, lekin maydonda besh nafari o‘ynaydi. Nimaga?
— Bu borada OFA bilan bahslar bo‘ldi. Ba’zi odamlar legionerlar yo‘q bo‘lsa futbolchilarimiz zo‘r bo‘ladi deb o‘ylaydi, lekin bu xato. Faqat o‘zimiz bilan o‘ynasak o‘smaymiz. Kuchli raqobat saviyani oshiradi. Ikkinchidan, narx masalasi bor. Bugungi kunda legionerlar mahalliy futbolchilardan kam oylik oladi. Mahalliy futbolchilar narxi sun’iy oshib ketmasligi uchun ham bu limit kerak. Raqobat bo‘lsa, futbolchi o‘z ustida ishlaydi.
Fikrlar