Lempard katta transferni barbod qildi

  • 23 iyun, 2020, 16:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Yuventus” va “Chelsi” futbolchi almashish bo‘yicha kelisha olmadi. 

Tecno

Turinliklar Angliya chempionatida o‘ynayotgan italiyalik yarim himoyachi Jorjino uchun bosniyalik pleymeyker Miralem Pyanichni taklif qilgan edi.

Lekin “Chelsi” bosh murabbiyi Frenk Lempard bu rokirovkaga ko‘nmadi. Lempard “Chelsi”ni yangidan shakllantirmoqda va u jamoani asosan yosh futbolchilar bilan to‘ldirmoqda. Shuning uchun londonliklar 30 yoshli Pyanichning xizmatlariga ehtiyoj sezmaydi.

“Yuventus”  oldida Pyanich bo‘yicha yana bitr variant bor. Turinliklar uni “Barselona”da o‘ynayotgan Arturga almashtirishi ham mumkin. Qolaversa, Pyanichning o‘zi ham Kataloniya klubida to‘p surishni istamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!