
Lempard klub sirini ochiqladi
“Everton” bosh murabbiyi Frenk Lempard Aleks Ivobi bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokoralar ketayotganini tasdiqladi.
“Ha, men klub uning agentlari bilan gaplashayotganini bilib turibman. Biz uning qanday rivojlanishini kuzatamiz”, - dedi angliyalik mutaxassis
Mersisayd jamoasi 2019 yilda nigeriyalik vingerni “Arsenal”dan sotib olgandi. Uning amaldagi shartnomasi 2024 yilda tugaydi.
Ivobi ushbu mavsum barcha chempionatlarda 10 ta o‘yinda 1 ta gol va 4 ta asisst amalga oshirdi.
Fikrlar