Lempard Pulishich haqida nimalar dedi?

  • 28.06.2020 14:48
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Chelsi" bosh murabbiyi Frenk Lempard jamoa xavbeki Kristian Pulishich haqida gapirdi.

“U buyuk o‘yinchi bo‘lishi mumkin. Yoshini inobatga olganda, u Germaniyada ham o‘zini ko‘rsata oldi. U juda katta mahorat va iste’dodga ega futbolchi, bunga shubham yo‘q. U yana ham rivojlanishni xohlaydi.

U Raxim Sterling, Muhammad Saloh va Sadio Mane darajasiga etish imkoniyatiga ega. Ammo, bungacha yana uzoq yo‘l bor. Tarkibimizda shunday futbolchi borligidan xursandmiz”, - deydi angliyalik mutaxassis.

21 yoshli AQShlik futbolchi joriy mavsum “Chelsi” safida 18 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 7 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!