Lempard va "Lester"ning sobiq xo‘jayini uyini o‘g‘ri urdi
Bir guruh o‘g‘rilar "Chelsi" bosh murabbiyi Frenk Lempard va "Lester"ning sobiq xo‘jayini Vishay Shrivaddxanaprabxning uyiga hujum qilishdi. Bu haqda The Sun nashri xabar tarqatmoqda.
O‘g‘rilar dastlab “aristokratlar” ustozining uyini o‘marishgan, oradan 10 kun o‘tib esa Vishayning uyiga tushishgan. Politsiyaning taxminicha, har ikkala jinoyatda ham bitta to‘daning qo‘li bor.
Jinoyatchilar Shrivaddxanaprabxning uyidan 1 mln funtlik qimmatbaho buyumlarni o‘g‘irlashgan, Lempardning uyidan esa 60 ming funtlik tilla taqinchoqlar va qimmatbaho soatlar o‘g‘irlangan.
Eslatib o‘tish lozimki, Vishay Shrivaddxanaprabx 2018 yilning 27 oktyabr kuni vertolyot qulashi natijasida vafot etgan edi.

Fikrlar