
Lennoks Lyuis: "Fyuri Usikka yana yutqazadi..."
Og‘ir vaznda sobiq mutlaq jahon chempioni Lennoks Lyuis 21 dekabr Ar-Riyodda bo‘lib o‘tadigan ukrainalik Aleksandr Usik va britaniyalik Taysoon Fyuri o‘rtasidagi bo‘lajak jang haqida gapirdi.
"Fyuri tuzatishlar kiritmasa, bu safar ham Usikka yutqazishi aniq. Shuning uchun nimanidir o‘zgartirishi kerak", - dedi Lyuis "Boxing News" You tube kanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Usik va Fyuri o‘rtasidagi birinchi jangda ukrainalik bokschi ochkolar bo‘yicha (115-112; 114-113; 113-115) g‘alaba qozongandi.
Fikrlar