"Leo menga "ol" dedi, men esa oldim"

  • 20.10.2021 07:20
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJ Evropa Chempionlar ligasi 3-turidan o‘rin olgan "Leyptsig"ga qarshi uchrashuvda 3:2 hisobida irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi. Mazkur o‘yindan keyin Mbappe Messi borasida fikr bildirdi.

"Ikkinchi 11 metrlik zarbani men tepdim. Bu normal holat hamda o‘zaro hurmat. Messi dunyoning eng yaxshi futbolchisi. U ilk penaltini aniq amalga oshirib, ikkinchisida menga bu imkoniyatni taqdim etdi va zarbam noaniq chiqdi. Biroq bu uning qarori edi. Leo menga "ol" dedi, men esa oldim", - dedi frantsuz "Canal+" nashriga bergan intervyusida. 
  
Eslatib o‘tamiz, argentinalik futbol yulduzi kechagi nemis klubiga qarshi bahsda o‘z hisobiga 2 ta gol yozdirib qo‘ydi. Shuningdek, Mbappe ham ushbu to‘qnashuvda 1 ta gol urdi va 1 ta assist muallifiga aylandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!