
"Lester" asosiy himoyachisini "Chelsi"ga qanchaga sotishini ma’lum qildi
Londonning "Chelsi" klubi yozgi transferlar davrida o‘z safini "Lester" himoyachisi Ben Chiluell bilan kuchaytirmoqchi.
“Aristokratlar” murabbiylar shtabi jamoaning chap qanotini kuchaytirishmoqchi. Boisi, Emerson va Markos Alonsolarning ko‘rsatayotgan o‘yinlari ularni qanoatlantirmayapti.
Daily Mail nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, “tulkilar” 23 yoshli futbolchisini "Chelsi"ga 57 million evrodan kamiga qo‘yib yuborishmoqchi emas.
Chiluell joriy mavsum “Lester” safida 28 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2 ta gol hamda 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar