"Lester" mavsum o‘rtasida jiddiy yo‘qotishga uchradi

  • 12.02.2021 22:14
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Lester"ning qanot himoyachisi Jeyms Jastin jarohat olib uzoq muddatga safdan chiqdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

22 yoshli futbolchi "Brayton"ga qarshi o‘yinda tizzasidan jiddiy jarohat olgani aytilmoqda. Shu tariqa Jastin uchun bu mavsum muddatidan avval yakunlandi.

Jeyms Jastin joriy mavsum “Lester” safida jami 31 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!