Levan Gvazava: "O‘zbekistonda murabbiy sifatida ishlaydigan bo‘lsam..."

  • 2 may, 2023, 12:49
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Futbol ishqibozlari, ayniqsa yoshi ulug‘lari Rossiyada o‘ynagan sobiq futbolchilarni yaxshiroq biladilar. Ana shundaylardan biri Levan Gvazava bo‘lib, ilgari Rossiyaning qator klublarida, jumladan, “Alaniya”, “Spartan-Nalchik”, “Luch-Energiya”, “Terek”, “Ximki”, “Anji” singari jamoalarda to‘p surgan.

Tecno

Yodingizda bo‘lsa, u o‘z vaqtida yurtimizda ham faoliyat olib borgan. Farg‘onaning “Neftchi” jamoasida ma’lum vaqt to‘p surganini bilasizmi? Kuni kecha Sports.uz jurnalisti Gvazava bilan bog‘landi.

- Levan, ishlaringiz yaxshimi? Sizni fevral oyida Antaliyadagi yig‘inda ko‘rgandim. O‘shanda 43 yoshda bo‘lishingizga qaramay, sizni “Veles” safida “Andijon”ga qarshi o‘tkazilgan nazorat o‘yinida maydonga tushganingizga guvoh bo‘lgandim...

- Men “Veles”da bosh murabbiy yordamchisiman. Shunchaki, bizda jarohatlanganlar ko‘p edi. O‘yinchi etishmagani uchun bosh murabbiydan bo‘shliqni to‘ldirishda yordam berishga tayyorligimni so‘radim. Shunday bo‘ladiki, ba’zida mashg‘ulot chog‘ida ham harakat qilishimga to‘g‘ri keladi.

- O‘zbekistondagi faoliyatingizni yodga olib turasizmi? Ko‘proq nimalarni eslaysiz?

- Albatta, eslayman. Hammasi zo‘r bo‘lgandi. Baxtga karshi o‘sha kezlarda birin-ketin jarohat olardim. Shu sabab 100 foiz o‘zimni ko‘rsata olmaganman. Nasib qilib, O‘zbekistonda murabbiy sifatida ishlaydigan bo‘lsam, o‘zimning eng yaxshi jihatlarimni ko‘rsatishni istayman.

gvazava1

- Adashmasam, siz 2014 yili “Neftchi” jamoasiga qo‘shilgandingiz va 7 ta o‘yinda maydonga tushgansiz. Nima uchun u erda ko‘proq qolish imkoniyati bo‘lmagan?

- Yana qaytaraman: o‘sha paytlarda sonimning yuqori qismidan olgan jarohatim ko‘p bezovta qilgan Keyinchalik Moskvada davolanganman. So‘ngra menda “Anji” varianti paydo bo‘lgandi.

- Ayni paytda “Mash’al” safida gruziyalik Shota Gvazava degan futbolchi faoliyat olib boryapti. Uni taniysizmi? Mabodo, qarindoshchilik joyingiz yo‘qmi?

- Rostini aytsam, bilmayman. Qarindosh-urug‘larim orasida futbol bilan jiddiy shug‘ullanganlari yo‘q, menimcha...

- Shuningdek, siz futbolchilik faoliyatingiz davomida Mirjalol Qosimov bilan birga to‘p surgansiz. U bilan gaplashib turasizmi? Qanday xotiralar qolgan?

- O‘zbekistonda o‘ynab yurganimda u bilan ikki marta suhbatlashgandim. Muloqotimiz juda iliq chiqqan.

gvazava2

- Darvoqe, siz ishlayotgan “Veles” klubi biror-bir o‘zbekistonlik futbolchiga qiziqish bildirmayaptimi?

- Menimcha, biror-bir klub tomonidan hech qanday qiziqish kuzatilmadi. Lekin sizlarda yosh, iqtidorli futbolchilar ko‘p. Balki tez orada qiziqish paydo bo‘lib qolar...

- Oxirgi paytlarda ko‘p muhokama qilingan mavzu: Rossiya OFKga o‘tgani ma’qulmi yoki...

- Rostini aytsam, bilmayman. Qolaversa, bunday masalalarni hal qiladigan rahbariyat bor. Aynan ular nima qilish to‘g‘ri-yu, nima kilish noto‘g‘ri ekanligini hal qilishadi.

Shuhratbek Jo‘raev.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!