
Levandovski 2020 yildagi ulkan xizmatlari uchun "Oltin to‘p" bilan taqdirlanishi mumkin
Frantsiyaning mashhur "France Football" nashri "Oltin to‘p"ning 2020 yildagi mukofotlanmagan g‘olibiga sovrinni topshirish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu borasida "Diario Sport" nashri xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, o‘sha paytda Robert Levandovski g‘oliblik uchun asosiy da’vogar bo‘lgan. Ammo koronavirus pandemiyasi sabab taqdirlash marosimi o‘tkazilmagan. 2021 yilda esa Robert ikkinchi o‘rinda qayd etilgan bo‘lib, shohsupada Lionel Messi ko‘rinish bergan.
Ma’lumot o‘rnida, o‘sha mavsum Levandovski umumiy hisobda 47 o‘yinda ishtirok etgan va o‘z nomiga 55 golni rasmiylashtirib qo‘ygan.
Fikrlar