Levandovski agenti bilan birga AQShga yo‘l oldi

  • 13.06.2026 03:28
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Erkin agent maqomidagi Robert Levandovski oʻz agenti Pini Zahavi bilan birga AQShga yoʻl oldi. U “Chikago Fayr” klubi bilan hamkorlik boʻyicha muzokaralar oʻtkazadi. Bu haqida jurnalist va insayder Fabrizio Romano X ijtimoiy tarmogʻida maʼlum qilgan.

Xabarga koʻra, MLS jamoasi polyak futbolchisini oʻz tarkibiga qoʻshib olishni jiddiy maqsad qilgan. Levandovski bilan 2 yoki 3 yillik shartnoma imzolanishi mumkin. Qaror futbolchining oʻzigga bogʻliq boʻladi.

Levandovskining soʻnggi jamoasi “Barselona” boʻlib, u 2022 yil yozida katalon klubiga kelgan. Shu vaqt davomida 37 yoshli hujumchi 191 ta oʻyinda maydonga tushib, 119 ta gol urgan va 24 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!