Levandovski, “Barsa”dan ketaver, biz ish beramiz!
Portugaliya chempioni “Portu” klubi rahbariyati “Barselona”ning polshalik hujumchisi Robert Levandovskiga jiddiy qiziqish bildirmoqda, deb xabar bermoqda Sky Sports.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, portugaliyaliklar mashhur to‘purarga aniq taklif berishdan oldin 37 yoshli hujumchining “Barselona”ni tark etishini kutmoqda. Hozircha futbolchi Ispaniya jamoasini tark etish bo‘yicha yakuniy qarorini e'lon qilmagan.
Aprel oyida kataloniyaliklar klubi Levandovskiga yangi bir yillik shartnoma taklif qilgani xabar qilingan edi, ammo boshqa jamoalarning takliflari moliyaviy jihatdan ancha foydali bo‘lgan. 37 yoshli Levandovskining “Barselona” bilan shartnomasi iyun oyida yakunlanadi.
“Portu”dan tashqari, futbolchiga “Yuventus”, “Milan”, shuningdek Amerika MLS ligasi va Saudiya Arabistonining bir nechta klublari ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Joriy mavsumda Levandovski klub safida barcha musobaqalarda 43 ta uchrashuvda qatnashib, 18 ta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar