Levandovski: "Barselona"da ekanligimdan faxrlanaman"

"Barselona"ga 2022 yilda "Bavariya"dan ko‘chib o‘tgan va ikki mavsum davomida jamoaning asosiy hujumchisi hisoblangan Robert Levandovski bu yozda klubni tark etishi borasidagi mish-mishlar chiqdi. Ammo u qolishini aytgandi va kataloniyaliklar safida ekanligidan faxrlanishi haqida gapirdi. 

"Shu erda ekanligim va bunday darajadagi klubning hujumchisi bo‘lish o‘zgacha tuyg‘u. "Barselona"ning bir qismi bo‘lganimdan faxrlanaman", - dedi polshalik futbolchi "Mundo Deportivo" nashriga. 

Robert ushbu mavsum jamoasi tarkibida 44 ta o‘yinda maydonga tushib, 23 ta gol urdi va 9 ta assist amalga oshirdi. Uning "Barsa" bilan tuzgan shartnomasi 2026 yilgacha amal qiladi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!