
Levandovski boshqa superklubga o‘tadi
“Bavariya”ning asosiy to‘purari Robert Levandovski yozgi transferlar vaqtida Angliya chempionatiga ko‘chib o‘tishi kutilyapti.
Polshalik hujumchining agenti Pini Zaxaviga “Manchester Siti” jiddiy qiziqish bildirayotganini ma’lum qildi va u bu transfer bo‘yicha ishlashga tayyor.
Ma’lumotlarga qaraganda, o‘tkir hujumchiga ehtiyoj sezayotgan “shaharliklar” Levandovskini mavsum yakunlanishi bilan o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. “Bavariya” avvalroq, 33 yoshli polshalik to‘purar ketishni istasa, uni 60 million evro atrofidagi summaga qo‘yib yuborishga roziligini bildirgandi.
Levandovski myunxenliklar safida 2014 yildan beri o‘ynayapti va uning hozirgi kelishuvi 2023 yilning yozigacha amal qiladi.
Fikrlar