Levandovski faoliyatini qaerda davom ettirishini aytdi

  • 29 yanvar, 10:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona”ning eng tajribali hujumchisi Robert Levandovski o‘ziga Saudiya Arabistonidan bo‘layotgan takliflarga munosabat bildirdi.

Tecno

Bir necha manbalar 36 yoshli polshalik yulduzga “An-Nasr” va “Al-Hilol”dan jiddiy chorlovlar bo‘layotganini ma’lum qilgan edi.

- O‘zimni “Barselona”da, xususan, klub ichida ham, muhlislar orasida ham juda yaxshi his qilyapman.

Men Kataloniyada baxtiyorman va faoliyatimni davom ettirish uchun boshqa joylardan klub qidirayotganim yo‘q, - dedi Robert Levandovski.

Robert Levandovski ilgari Polshada bir necha klublarda to‘p tepgan. Keyinchalik Bundesliganing ikki grandi – “Borussiya Dortmund” va “Bavariya”da faoliyat olib bordi.

“Barselona” mohir to‘purarni 2022 yilning yozida 45 million evro evaziga o‘z safiga qo‘shib olgandi. Levandovskining amaldagi bitimi 2026 yilning yozigacha davom etishi belgilangan.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!