Levandovski o‘z o‘rnida, Ronaldu Messini ortda qoldirdi: “Oltin to‘p”ga da’vogarlarning yangilangan reytingi

CHERY AUTO

Quyida ushbu reyting va uning tahlilini e’tiboringizga havola qilamiz:

Tecno

20. Chiro Immobile (“Latsio”). Avvalgi o‘rni: 18
“Latsio” restartdan keyingi dastlabki uchrashuvidayoq mag‘lub bo‘ldi. Yanada alamlisi, jamoa 2 ta to‘p farqi bilan oldinga chiqib olgan edi va yakunda “Atalanta” iroda namoyish etdi. Immobile A Seriya chempioni bo‘lmasa, “Oltin to‘p” uchun kurashishini tasavvur qilish qiyin.
Shanba kuni “Fiorentina” darvozasiga penaltidan gol urgan futbolchining ixtiyorida yana maksimum 10 ta o‘yin qoldi. Aks holda, “Oltin butsa” uchun kurash Levandovskiga boy beriladi.
*Joshua Kimmix 20 talikdan chiqib ketdi

ballon-dor-ranking-down-ciro-immobile_z21he6qqvfv31ngjwggwg2pea

19. Yosip Ilichich (“Atalanta”). Avvalgi o‘rni: 13
“Atalanta” hamon Evropaning eng ko‘p gol uruvchi jamoalaridan biri bo‘lib turibdi. Klub restartdan keyingi 3 ta bahsida 10 ta gol urishga erishdi. Ammo bu gollarda Ilichichning o‘rni oldingidek yuqori bo‘lmayapti.
Uchta o‘yinda atigi 23 daqiqa maydonda harakat qilgan futbolchi ushbu reytingda yuqorilashi imkonsiz. Sloveniyalik futbolchi ixtiyorida liganing qolgan uchrashuvlari va avgustdagi Chempionlar Ligasi bahsi qolmoqda.

ballon-dor-rankings-ilicic_skz7k8th4wa21ryh0ql85p7d1_1

18. Timo Verner (“RB Leyptsig”). Avvalgi o‘rni: 14
“RB Leyptsig”dagi so‘nggi o‘yinini 2 ta gol bilan yakunlagan Timoning reytingda yuqorilamagani unga bog‘liq bo‘lmagan faktorlarga aloqador. Shu bilan nemis forvardi 11 hafta maydonga tushmaydi. Vernerning mavsum natijalari 34 ta gol va 13 ta assist bilan to‘xtadi.
Bunday holatda u tabiiyki, yilning eng yaxshi futbolchisiga topshiriladigan sovringa da’vo qila olmaydi.

ballon-dor-rankings-werner_kb89gai2p36w12xnb2akyystx_1

17. Alfonso Devis (“Bavariya”). Avvalgi o‘rni: 17
Ajoyib mavsum o‘tkazgan kanadalik futbolchi shanba kuni bo‘lib o‘tadigan Germaniya kubogi finaliga jiddiy tayyorgarlik ko‘rayotgan bo‘lsa kerak. Germaniya miqyosidagi ikkala kubokni ham qo‘lga kiritgan taqdirda, myunxenliklarning har qanday futbolchisi individual sovrinlarga jiddiy daxl qila boshlaydi.
Boz ustiga, mutaxassislar “Bavariya”ni Chempionlar Ligasining eng katta favoritlaridan biri ekanligini aytmoqda.

ballon-dor-ranking-no-change-alphonso-davies_ik965m1wxlby1b83h44494god

16. Trent Aleksandr-Arnold (“Liverpul”). Avvalgi o‘rni: Top-20 ga yangi qo‘shildi
22 yoshga to‘lmay turib, Chempionlar Ligasi va Premer-liga chempionligiga erishgan Arnold “Kristal Pelas”ga qarshi o‘yinda mo‘’jizaviy jarima zarbalaridan birini ijro etdi. 30 yillik chempionlik orzusini ro‘yobga chiqargan bahsdagi ushbu gol Trentning reytingga qo‘shilishiga sabab bo‘ldi.
“Liverpul” allaqachon Chempionlar Ligasidan chiqarib yuborildi. Kubok ham boy berib bo‘lingan. Demak, mersisaydliklardan qaysidir futbolchining “Oltin to‘p”ni yutishi qiyin masala. Agar hakamlar APLning uzoq kutilgan chempionligi bunga etarli deb topmasa...

ballon-dor-ranking-new-trent-alexander-arnold_1tnzh4cljl8oa149y5k5o444rm_1

15. Serj Gnabri (“Bavariya”). Avvalgi o‘rni: 12
Gnabri restartdan keyin jamoasining 10 ta uchrashuvida maydonga tushib, atigi bitta gol muallifiga aylandi. Germaniya kubogi va Chempionlar Ligasida mo‘’jizaviy futbol namoyish etgan taqdirdagina 24 yoshli futbolchi “Oltin to‘p” haqida o‘ylashi mumkin.
Ungacha esa Gnabrining reytingda pastlagani haqidagi xabarlar yangrayveradi.

ballon-dor-rankings-gnabry_gy73nc0wvs9k1urc4lfirbz0d_1

14. Brunu Fernandesh (“Manchester Yunayted”). Avvalgi o‘rni: 15
2 ta o‘yin, 2 ta g‘alaba va Fernandesh yana MYu muxlislarining olqishlariga sazovor. U gollar va assistlar muallifiga aylanishdan tashqari jamoaviy harakatlarda dirijyor vazifasini o‘tab bermoqda.
Pogba bilan maydon markazida yuzaga keltirgan tandemi tobora kuchayib bormoqda. Shunday sharoitda “mankuniyanlar” qo‘lga kiritishlari mumkin bo‘lgan 2 ta kubok va Chempionlar Ligasi yo‘llanmasi haqida o‘ylay boshlaganligi tabiiy.

ballon-dor-rankings-fernandes_58us4o29yunp1gftpt9maxsbj_1

13. Sadio Mane (“Liverpul”). Avvalgi o‘rni: 20
Mane ham “Kristal Pelas”ga qarshi bahsda raqib darvozasiga yo‘l topa oldi. “Liverpul” muvaffaqiyatlarida jamoa hujumidagi fantastik uchlikning roli katta. Ulardan biri ushbu reytingda bo‘lmasligi adolatdan emasdi. Ushbu mavsumda senegallik futbolchi sheriklaridan sermahsulroq ko‘rinmoqda.
Chempionlar Ligasining boy berilgani futbolchining reytingdagi pozitsiyasiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi tabiiy. Ammo Maneda “Oltin to‘p” uchun kichik imkoniyat saqlanib turibdi.

ballon-dor-power-ranking-up-sadio-mane_zhpjkkveulns1s5zqee1v6xb8

12. Jordan Xenderson (“Liverpul”). Avvalgi o‘rni: 16
Xenderson jamoasining 30 yillik orzusi ushalgan haftada o‘zining 30 yoshini nishonladi. Futbolchi haqiqiy sardor sifatida “Liverpul”ni chempionlik sari etakladi.
“Oltin to‘p” uchun uni yaqqol favoritlardan deyish qiyin. Ammo Xendo Angliyada yil futbolchisi, deb topilishi mumkin.

ballon-dor-power-ranking-up-jordan-henderson_b18bvf61vo0m1slm63vokgdaw

11. Kay Xaverts (“Bayer”). Avvalgi o‘rni: 11
Xaverts Bundesliganing so‘nggi turida zaxirada qoldirildi. Yakunda, leverkuzenliklar g‘alaba qozongan bo‘lsa-da, Chempionlar Ligasidan quruq qoladigan bo‘lishdi.
Germaniya kubogi va Evropa Ligasida imkoniyatni saqlab turgan “Bayer” etakchisini kurashdan chiqarishga shoshilmaslik kerak. Ammo tez orada 21 yoshli vunderkindning boshqa jamoaga o‘tgani haqida eshitsak ajab emas.

ballon-dor-ranking-no-change-kai-havertz_z0jefa4529v31ab686j41y3zr

10. Jeydon Sancho (“Borussiya” Dortmund). Avvalgi o‘rni: 10
Katta ehtimol bilan “Borussiya” tarkibidagi so‘nggi o‘yinini zaxiradan kuzatgan Sancho go‘yo qo‘rqinchli filmga tushib qolganday bo‘ldi, nazarimizda. Dortmundliklar chempionat yakunida “Xoffenxaym”dan qaqshatqich zarbani qabul qilib oldi (0:4).
Sanchoda barcha musobaqalardagi 20 ta gol va xuddi shuncha assist bor, ammo titul yo‘q. U kabi futbolchilarga istalgan klubda ehtiyoj bor. Demak, ingliz yarim himoyachisi yozda kelajagida burilish yasasa bo‘laveradi.

ballon-dor-ranking-no-change-jadon-sancho_h4od93xtkxu21irkdncafdr7e

9. Killian Mbappe (PSJ). Avvalgi o‘rni: 9
Mbappe boshchiligidagi futbolchilar dushanbadan mashg‘ulotlarga qaytdi. Parijliklar vanihoyat Chempionlar Ligasi chorak finaliga yo‘llanma olishdi. 4 oylik tanaffus bilan ushbu muhim turnirga etib borish ularning mag‘lubiyatiga katta “yordam” bo‘lishi mumkin edi.
Frantsiyada chempionat erta yakunlangani shundoq ham parijliklarning zarariga ishlashi mumkin. Jamoa etakchilari esa avgustgacha reytingda yuqorilash imkoniyatiga ega emas.

ballon-dor-ranking-no-change-kylian-mbappe_trw1iy47c6m31xj004ikqu24e

8. Erling Xoland (“Borussiya” Dortmund). Avvalgi o‘rni: 7
Xoland va uning jamoasi uchun mavsum yakunlandi. Norvegiyalik yosh iqtidor egasi yorqin futbol bilan ushbu futbol yilini yakunladi. Uning gollari “Oltin to‘p”ni yutish uchun kamlik qildi. Hozircha bir pog‘onaga pastlagan futbolchi kelgusida muntazam sho‘ng‘ib borishga majbur.

ballon-dor-rankings-haaland_g2793w7zqrqc1vvvv7fetyh2p

7. Neymar (PSJ). Avvalgi o‘rni: 6
Braziliyalik forvard kabi ushbu reytingdagi boshqalar ham yozni qaynoq musobaqalar bilan o‘tkazishlari mumkin edi. Ikkita qit’a chempionati va Olimpiada bekor qilinmagan taqdirda saraton stsenariysi butkul boshqacha bo‘lardi.
Anchadan beri futbol o‘ynamay qo‘ygan Neymar top-6 likda etarlicha turdi. Endi u ham avgustni kutadi.

ballon-dor-rankings-neymar_ra23ov4sdgv31rd0jnh5nyawl

6. Karim Benzema (“Real”). Avvalgi o‘rni: 8
“Real” vanihoyat ashaddiy raqibidan 2 ochko ilgarilab ketdi. Benzemaning tovon bilan uzatgan to‘pi esa mavsum haqidagi roliklarni bezashga loyiq. Ushbu uzatma Kompanining o‘tgan yili “Lester”ga urgan goli kabi ahamiyat va jozibaga ega.
Frantsuzning ixtiyorida La Liganing qolgan o‘yinlari va Chempionlar Ligasi borligini inobatga olib, uni asosiy favoritlar safiga bemalol qo‘shishimiz mumkin.

ballon-dor-power-ranking-up-karim-benzema_xt8rcymw6wfk1g4fphlk5f9qa

5. Tomas Myuller (“Bavariya”). Avvalgi o‘rni: 5
Myuller Bundesligani gol va assist bilan yakunladi. Bundan tashqari, u Kevin De Bryuyne tomonidan o‘rnatilgan bir mavsumdagi eng ko‘p uzatmalar rekordini (20) yangiladi (21).
Myuller ixtiyorida maksimum 5 ta o‘yin qoldi. Barchasini Chempionlar Ligasi hal qiladigan ko‘rinadi.

ballon-dor-rankings-muller_1q3y8xhlt61i0ze4sc1abu4od_1

4. Lionel Messi (“Barselona”). Avvalgi o‘rni: 3
So‘nggi paytlarda Messini xursand qiladigan hech qanday hodisa sodir bo‘lmay qo‘ydi. Chempionlik poygasida “Barsa” yana ochko yo‘qotdi. Uni ustiga, yosh va iqtidorli Artur Pyanichga almashtirilgani rasman tasdiqlandi. “Selta”ga qarshi bellashuvda 2 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan futbolchi bu ketishda ettinchi “Oltin to‘p”dan umid qilmasa ham bo‘ladi.
Boisi, klub 2013-2014 yildan beri ilk bor titulsiz qolishi mumkin. O‘sha yili hech bo‘lmaganda superkubok qo‘lga kiritilgandi. Bu mavsumda esa “ko‘k-anor ranglilar” yangi formatdagi superkubokni ham boy berishdi.

ballon-dor-ranking-down-lionel-messi_t9lvbz5y5xb118unui61d9bw0

3. Kevin De Bryuyne (“Manchester Siti”). Avvalgi o‘rni: 2
De Bryuyne reytingda pastlashida futbolchining o‘zi asosiy sababchi emas. U jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarishi mumkin bo‘lgan jarima zarbasini amalga oshirgandi. Biroq “Chelsi”ning chempionlik masalalarini hal qilish odati Gvardiola shogirdlariga pand berdi.
Kubok bellashuvida ham belgiyalik yarim himoyachi penaltini aniq amalga oshirdi. “Shaharliklar” hamon 3 ta kubok uchun kurash olib bormoqda. Demak, hali futbolchida imkoniyat bor.

ballon-dor-ranking-down-kevin-de-bruyne_2vvesg24ssd21n8n3v0mb5rbo

2. Krishtianu Ronaldu (“Yuventus”). Avvalgi o‘rni: 4
Gollari penaltidan kiritilganiga qaramay, Ronaldu jamoasining har bir g‘alabasida o‘z hissasini qo‘sha boshladi. “Keksa sinora”ga chempionlik kurashida eng katta raqobatchi hisoblangan “Latsio”ning “Atalanta” maydonida mag‘lubiyatga uchrashi Ronalduning qo‘llarini Skudettoga yaqinlashtirdi.

ballon-dor-power-ranking-up-cristiano-ronaldo_1tckm1tcatsqj1n5ds6e2h1iux

1.Robert Levandovski (“Bavariya”). Avvalgi o‘rni: 1
Bundesliga so‘nggi turida ham gol urishdan to‘xtamagan polyak joriy haftada Germaniyada yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Ushbu sabablarga ko‘ra, Levandovski 1-pog‘onada muqim qolishini taxmin qilishimiz mumkin.
Oldindagi Germaniya kubogi finali va Chempionlar Ligasida ham shu tempda harakat qilgan taqdirda, “Oltin to‘p”ni uning qo‘lidan hech kim olib qo‘ya olmasa kerak.
Qo‘shimchasiga Robert “Oltin butsa” uchun kurashda ham etakchilikni saqlab turibdi.

ballon-dor-rankings-lewandowski_1wpzosggrml0l1pg1apgzaif1d_1

Abdulvosid Valixonov tayyorladi

 

Kurashga qo‘shilgan Benzema, pastlagan Ronaldu va Messi: «Oltin to‘p»ga da’vogarlarning yangilangan reytingi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!