Levandovski “qariyalar” rekordini o‘rnatdi
Ispaniya chempionligiga yaqinlashib kelayotgan “Barselona” La Liganing 33-turida “Xetafe” maydonidan 2:0 hisobidagi g'alaba bilan qaytdi. Gollar Fermin Lopes va Markus Reşford hisobiga yozildi.
Bu uchrashuvda Robert Levandovski angliyalik hujumchiga golli pas uzatdi. Ushbu assist Levandovski uchun “Barselona”dagi 100-golli harakat sifatida qayd etildi.
2022 yili “Bavariya”dan olib kelingan polshalik forvard bu ko'rsatkichidan 81 tasi gol va 19 tasi assist hisoblanadi.
Shu bilan birga, Robert Levandovskı XXI asrda La Ligada bunday natijaga erishgan eng yoshi katta futbolchiga aylandi. Rekord qayd etilganda u 37 yoshu 247 kunlik edi.
Robert Levandovskining “Barselona” bilan amaldagi shartnomasi 30 iyun kuni tugaydi. Kataloniyaliklar o'z to'purariga yangi bitim bergan. Biroq uning shartnlari Levandovskinı qoniqtirganı yo'q.

Fikrlar