Levandovski: “Ronaldu va Messi bilan bir qatorda bo‘lishni istayman”

  • 22 noyabr, 2024, 17:08
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” hujumchisi Robert Levandovski Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi haqida o‘z fikrini bildirdi. Futbolchining aytishicha, u har doim ularning darajasiga chiqishga harakat qilgan.

Tecno

“Men Messi va Ronaldudan ilhom olib, rekordlar o‘rnatishga va gol urishga harakat qildim. Ularning rekordlarini yangilay olmayman, lekin men ularni ba’zi jihatlarda ortda qoldirishni istayman. Ismim nominatsiyalarda ularniki bilan bir qatorda bo‘lishini xohlayman",— dedi Levandovski Rio Ferdinand bilan Rio Meets dasturida bo‘lgan suhbatda.

Joriy mavsumda polshalik hujumchi kataloniyaliklar safida 17 ta uchrashuvda 19 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!