
Levandovskining “Barsa”ga o‘tishi ortidan 6 ta klub pul ishlab oldi
Robert Levandovski yozgi transfer oynasida "Bavariya"dan "Barselona"ga o‘tdi. FIFA qoidalariga ko‘ra, futbolchini 12 yoshdan 23 yoshgacha tarbiyalagan klublar birdamlik to‘lovlarini olishlari kerak.
Polshaning “Weszło” nashri Levandovski yoshligida o‘ynagan klublarning har biri qanchadan olishini hisoblab chiqdi. Quyida ma’lumotlarni taqdim etamiz.
“Varsoviya” (1997-2004) - 564 750 evr;
"Delta" (2005) - 242 415 evro;
“Legiya” (2005-2006) - 200 070 evro;
“Znich” (2006-2008) - 450 495 evro;
“Lex” (2008-2010) - 471 375 evro;
"Borussiya" Dortmund (2010-2014) - 320 895 evro.
Ma’lumot o‘rnida, “Barselona” mavsumdagi ilk o‘yinini 13 avgust kuni “Rayo Valekano”ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar