
Levandovskining dubli "Bavariya"ga "Volfsburg" ustidan g‘alaba keltirdi (video)
Germaniya Bundesligasining 12-turida “Bavariya” o‘z maydonida “Volfsburg”ni qabul qildi.
“Alyants Arena”da kechgan bellashuv 2:1 hisobida maydon egalarining g‘alabasi bilan yakunlandi. “Bavariya”ning ikkalaga goliga ham Robert Levandovski mualliflik qilgan bo‘lsa, “Volfsburg” safida Maksimilian Filipp mualliflik qildi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar