Liga 1. PSJ "Renn" darvozasiga naqd 5 ta gol urdi

  • 07.12.2025 03:11
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Liga 1ning 15-turidan o‘rin olgan PSJ - "Renn" klublari ishtirokidagi to‘qnashuv yakunlandi. 
 
Luis Enrike shogirdlari "Renn"ni 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, qimmatli 3 ochkoni qo‘lga kiritdi. Sababi, parijliklar onlayn turnir jadvalida 33 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda. Etakchilik qilayotgan "Lans" hisobida 34 ochko mavjud. 
 
Bugungi to‘qnashuvdagi gollarga — Xvicha Kvaratsxeliya (28 va 67), Senni Meyulyu (39), Ibraim Mbaye (88) va Gonsalu Ramush (90+2) mualliflik qildi. 
 
Ma’lumot o‘rnida, PSJ keyingi uchrashuvini Chempionlar ligasi doirasida "Atletik Bilbao"ga qarshi o‘tkazadi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!