Lingard: Ronaldu MYu bilan shartnoma imzolasa, bundan faqat xursand bo‘laman
“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Jessi Lingard portugaliyalik hujumchis Krishtianu Ronalduning yana “Old Trafford”ga qaytishi borasida qanday fikrda ekanligini aytib o‘tdi.
“Agar u MYu bilan shartnoma imzolasa, men faqat xursand bo‘lgan bo‘lardim. U so‘nggi o‘n yillikning eng yaxshi futbolchisi hisoblanadi. U MYuda o‘ynagan va shu bois jamoaga kirishib ketishi muammo bo‘lmagan bo‘lardi. Uni “Manchester Yunayted” libosida ko‘rish va u bilan birga o‘ynash ajoyib bo‘lardi”, - deydi Lingard.

Fikrlar