
"Lion" koronavirusga qarshi kurashish uchun 300 ming evro xayriya qiladi
Frantsiyaning “Lion” klubi o‘zining xayriya jamg‘armasi hisobidan koronavirusga qarshi kurashish uchun 300 ming evro xayriya qiladi.
Uning 100 ming evrosi Lion universiteti klinikasida olib borilayotgan tadqiqot uchun yo‘naltiriladi. Qolgan 200 ming evro esa mamlakatdagi kasal bemorlarni davolash va tibbiy jihozlar sotib olish uchun beriladi.
Eslatib o‘tamiz, “Lion” ayni damda Frantsiya chempionatida 28 ta turdan so‘ng 40 ochko bilan 7-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar