"Lion" "Yuventus"ga qarshi o‘yinga puxta tayyorgarlik ko‘rmoqda

  • 24.07.2020 21:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Frantsiyada mavsum muddatidan avval yakunlangani bois Chempionlar ligasida kurashni davom ettirayotgan “Lion” o‘yin amaliyotini saqlab qolish uchun o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazmoqda.

Jumladan, bugun “Lion” Belgiyaning “Antverpen” klubiga qarshi maydonga tushdi. Gollarga boy kechgan o‘yin 3:2 hisobida frantsuz grandining g‘alabasi bilan yakunlandi.

Eslatib o‘tamiz, “Lion” EChL 1/8 final bosqichida “Yuventus”ga qarshi bahs olib bormoqda. Ularning Frantsiyadagi dastlabki bahsi 1:0 hisobida “Lion”ning g‘alabasi bilan yakunlangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!