«Liverpool» Barkola bilan shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishdi
«PSJ» tarkibida to‘p surayotgan fransuz yarim himoyachisi Bredli Barkola «Liverpul»ga o‘tishiga yana bir qadam yaqinlashdi.
Futbol dunyosida ishonchli manba sifatida tanilgan insayder Fabrizio Romano xabariga ko‘ra, «Liverpul» Barkola bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan. Shu bilan birga, klub hali ham «PSJ» bilan transfer to‘lovi bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda. Ta’kidlanishicha, 23 yoshli futbolchining xaridi angliyaliklar uchun 100 million evronadan ortiqga tushishi mumkin.
2025/26 yilgi mavsumda Barkola barcha musobaqalarni hisobga olgan holda 49 o‘yinda maydonga tushdi, 13 ta gol urdi va 7 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Transfermarkt portali mutaxassislari fransuz futbolchisining bozor qiymatini 90 million evro atrofida baholamoqda.

Fikrlar