"Liverpool" Barkola uchun bunaqa xarajatga tayyor emas

  • 30.07.2026 09:17
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Liverpul» klubi PSJ hujumchisi Bredli Barkolaga bo‘lgan qiziqishini saqlab qolmoqda, deb xabar bermoqda Flashscore.

Ma’lumotlarga ko‘ra, angliyaliklar Parij klubining talablariga osonlikcha rozi bo‘lmoqchi emas. «Liverpul» rahbariyati futbolchining o‘zi jamoani tark etish istagi borligini muzokaralardagi asosiy ustunlik sifatida ko‘rmoqda. 

Klubdagilarning fikricha, «Barselona» ham Barkolaga jiddiy qiziqyapti, ammo fransuz futbolchining o‘zi agar yozda Parijni tark etsa, «Enfild»ni eng maqbul variant sifatida ko‘rayotgani aytilayapti.

«Liverpul» shuningdek, PSJ oxir-oqibat futbolchini sotishga majbur bo‘lishi mumkin, deb hisoblamoqda. 

Sababi — Barkola yangi shartnoma imzolashga rozi bo‘lmayapti. Shu bois angliyaliklar fransuz klubi talab qilayotgan 170 million yevro miqdoridagi to‘lovni amalga oshirish niyatida emas. Amaldagi Chempionlar ligasi g‘oliblari aynan shu miqdorni Barkola uchun olishni istamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!