"Liverpool" Chempionlar ligasi ro'yxatidan ikki yulduzni chiqarib, jarohatdagi uch futbolchini qo'shdi

  • 04.09.2026 06:54
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Liverpul» klubi Chempionlar ligasi umumiy bosqichi uchun arizasini shakllantirdi.

Jurnalist Jeyms Pirs xabariga ko‘ra, «qizillar» tarkibdan yarim himoyachi Vataru Endo va hujumchi qanot o‘yinchisi Federico Kyezani chiqarib qoldirgan. 

Shu bilan birga, hozircha jarohatdan tiklanish jarayonida bo‘lgan Ugo Ekitike, Jovanni Leoni va Konnor Bredli ro‘yxatga kiritilgan. Klub shifokorlari ushbu futbolchilar umumiy bosqich yakuniga qadar maydonga qaytishiga umid qilmoqda.

Andoni Iraola boshqarayotgan jamoa Chempionlar ligasida «Atletiko» Madrid, LASK, «Vilyarreal», «Fenerbaxche», «Bryugge», «Portu», «Inter» Milan va «Lans» bilan bir guruhdan joy oldi.

Uchrashuvlar 9 sentabrdan 27 yanvargacha bo‘lgan davrda o‘tkaziladi.

«Liverpul» o‘tgan mavsumda Chempionlar ligasida chorak finalgacha yetib borgan, ammo bu bosqichda «PSJ»ga mag‘lub bo‘lib musobaqani tark etgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!